1907-yil 17 sentabr. Qo’qon shaharidagi Ko’mir
bozori mahallasida tug’ildi.
Otasi temirchi bo’lib, qishloqma-qishloq ko’chib yurgan. Shuning
uchun yozuvchining yoshligi Yaypan, Nursux, Quddash, Buvayda, Tolliq, Olg’or,
Yulg’unzor, Oqqo’rg’on qishloqlarida kechgan.
Buvaydada otin ayada, Valixon so’fi maktabida o’qiydi. Otasiga
bosqon bosib, qarashadi. Otasi unga “Dala va Muxtor”, “Bahori donish”, “Bobo
Ravshan” kitoblarini o’qib beradi.
Oqqo’rg’onda Muhammadjon qorining jadid maktabida ta’lim oladi.
“Gulshani Dilafgor”, “Bolalar bog’chasi”, “Ajoyib ul-mahluqot”
kitoblarini o’qiydi. Abdulla Avloniy, Tavallo asarlarini o’rganadi.
1919-1922-yillar. Maktablarda o’qiydi.
(“Urfon” nomli maktabda, maktab “Istiqbol” maktabiga ko’chadi, u maktab-
internatga aylanadi, internat “Kommuna” maktabiga aylanadi).
1922-1924-yillar. Pedagogika bilim yurti
(Dorilmuallimin) da o’qiydi. Qori-Niyoziy 20 nafar talabani tanlab oladi. Ular
orasida Abdulla Qahhor ham bor edi.
1924-yil. “Oy kuyganda” nomli birinchi she’riy
hajviyasi “Mushtum” jurnalida bosiladi.
1925-yil. Toshkentga ishga keladi. Shundan
yozuvchilik, jurnalistik faoliyati boshlanadi. “Norin Shilpiq”, “Nish”,
“Gulyor”, “Mavlon kufur”, “Yalangoyoq” taxalluslarini qo’llaydi.
1926-29-yillar. SAGUning ishchilar fakultetida
o’qiydi.
1929-yil. Qo’qonda malaka oshirish kursida
muallim, “Yangi Farg’ona” gazetasida mas’ul kotib, “Chig’iriq” bo’limining
boshlig’i.
1930-yil. Toshkent shahriga ko’chadi.
1930-1933-yillar. SAGUning pedagogika
fakultetida o’qiydi.
1932-yil. “Qishloq hukmi ostida” nomli
birinchi kitobi nashr etiladi. So’ng “Olam yasharadi”, “Tangrining kulgusi”
kitoblari chiqadi.
1933-yil. “Qotilning tug’ilishi” qissasi
yoziladi.
1933-35-yillar. Til va adabiyot institute
aspiranti.
1938-yil. O’zbekiston Davlat nashriyoti badiiy
adabiyot bo’limida muharrir.
1939-46-yillar.”Qo’shchinor” romani “Sharq
yulduzi” jurnalida e’lon qilinadi.
1943-yil. “Sovet adabiyoti” jurnalida mas’ul
kotib.
1944-yil. Urush qahramoni Ahmadjon Shukurov
haqida “Oltin yulduz” qissasini yozadi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi
yillarida qahramon Qo’chqor Turdiyev haqida “Dardaqdan chiqqan qahramon”
qissasini yozadi.
1947-yil. “Qo’shchinor” romani alohida kitob
shaklida bosilib chiqadi.
1949-yil. “Yangi yer” (“Shohi so’zana”)
komediyasini yozadi.
1950-yil. “Qo’shchinor” romani “Qo’shchinor
chiroqlari” nomi bilan qayta nashr etiladi.
1951-yil. “Shohi so’zana” (“Yangi yer”)
komediyasi Davlat mukofotiga sazovor bo’ladi.
1953-yil. “Og’riq tishlar” komediyasi
yoziladi.
1954-56-yillar. O’zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi raisi.
1957-yil. “Sarob” romani qayta nashr etildi.
1958-yil. “Sinchalak” qissasi yozildi.
1959-yil. “Zilzila” qissasi yaratildi.
1962-yil. “Tobutdan tovush” qissasi yozildi.
1965-yil. “O’tmishdan ertaklar” qissasi
Respublika mukofotiga sazovor bo’ldi.
1966-yil. “Ayajonlarim” komediyasi yozildi.
1967-yil. O’zbekiston Xalq yozuvchisi unvoni
berildi.
1968-yil. “Muhabbat” qissasi chop etildi.
1968-yil 25-mayda vafot etadi.
1968-yil. “Tobutdan tovush” komediyasi
yangidan satira teatrida qo’yildi.