Abdulla Qahhor-so'z zargari
Kibriyo QahhorovaMuhammadjon qoriShuhratOzod SharafiddinovSaid AhmadNaim Karimov

         Ushbu bo'limda siz Abdulla Qahhorni ko'rgan hamda u kishi bilan muloqat qilgan insonlarning xotiralarini o'qiysiz....

Erkin VohidovO'tkir HoshimovSa'dulla SiyoyevAziz Abdurazzoq

                               She'rlar

    Abdulla Oripov

        Abdulla Qahhor
Yo’llar ortimizda qolar edilar,
Sahrolar qolardi cheksiz, betakror.
Nega ular cheksiz, desam dedilar:
Bu yerdan o’tgandi Abdulla Qahhor.

Yo’llar ortimizda qolar edilar,
Cho’qqilar qolardi yuksak va qator.
Nega ular yuksak, desam dedilar:
Bu yerdan ham o’tdi Abdulla Qahhor.

                                      
1967 yil
 

                          Sirojiddin Sayyid

               Haq so’z
Ulug’ Vatan adabiyoti
Ulug’ Vatan kabi – ulug’ qurbonlar
Evaziga ro’yobga kelgan.
Eh, bunda ham to’kilgan qonlar,
Laxta-laxta dillarning qoni.
Do’stim, bu kitobni o’qi,
Bu – Abdulla Qahhorning joni.

“Yoshlar bilan suhbat” emas, ko’r,
Nihol iste’dodning tilagidir bu.
Do’stim, bu kitobni ko’zlaringga surt,
Abdulla Qahhorning yuragidir bu.

Shartmas, yozuvchini badarg’a qilmoq,
Uni zindonlarda chiritmoq shartmas.
Uning atrofiga naslu nasabi
Noma’lum nokaslar urchitilsa – bas.

Fisqu-fujurlarga farovon tuzum,
Kattasidan tortib kichigigacha –
Dushman deb sanagan Qahhorning yozgan
Asaridan tortib kuchugigacha.

Zamon shundoq edi –
Mustabid zamon
Adibning haq so’zin kemirolmadi.
Tog’day vujudini yemirdi-yu, lek
Uning iymonini yemirolmadi.

Haq so’zni har kim ham aytavermagan,
Haq so’z alal-oxir muhtaram aylar.
U so’zlar hozir ham uyqu bermagay
Adabiyotdagi mutahhamlarga.

”Chorak asr hamnafas” emas,
Chorak asr dildosh, og’riqdosh.
Bo’lib yashagansiz, Kibriyo opa.
Yosh shoirlar o’qir – ko’zlarida yosh.

Millatni ko’targay ba’zan bir asar,
Ozod mamlakatning osmonidir bu.
Adabiyot nima desalar agar –
Abdulla Qahhorning vijdonidir bu.
                                       1987, 2007
 

                                       Yuqoriga  qaytish                                    

 

Bosh sahifaUmr solnomasiYodnomaHikmatlarAsarlarTashrifnoma

 

UzSciNet - Íàó÷íàÿ è îáðàçîâàòåëüíàÿ ñåòü Óçáåêèñòàíà
School Goes Digital      UzSciNet